DU akademik litseyida AF-20 va IG-8 guruhlari o‘quvchilari uchun psixologik trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu treninglarning asosiy maqsadi:
✅ ijtimoiy sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash
✅ o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmatni oshirish
✅ charchoq va stressni yengishga yordam berish
Trening davomida o‘quvchilar jamoada ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, emotsional barqarorlik va ijobiy fikrlashga doir amaliy mashqlarni bajardilar.
Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ruhiy holatini yaxshilash, motivatsiyasini oshirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.