🌿 “Ekologiya” mavzusida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi 🌍
🌿 “Ekologiya” mavzusida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi 🌍

Andijon davlat universiteti akademik litseyi “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi 5-guruh o‘quvchilari o‘rtasida “Ekologiya” mavzusida bellashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish hamda ekologik muammolarga e’tibor qaratishdan iborat bo‘ldi. 🌱

Bellashuv davomida o‘quvchilar ekologiya sohasiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazib, tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, suv va havo tozaligini saqlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. 💬

♻️ Tadbir orqali yoshlar orasida ekologik ongni yuksaltirish hamda “tabiat — inson hayotining asosi” degan g‘oyani mustahkamlash maqsad qilingan. 🌏