🏛 O'quvchilar o'rtasida o‘zbek milliy kiyimlarini namoyish qilish, shuningdek, milliy urf-odat va an'analarimizga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish maqsadida milliyligimizni tarannum va targ'ib etuvchi tadbirlar davom etmoqda.
✅ Andijon davlat universiteti akademik litseyida yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining tutgan o‘rnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lgan bebaho, asl qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida "XON ATLAS" tadbiri o'tkazildi.
✔️Bu kabi tashabbuslar nafaqat milliy kiyimlarni targ‘ib qilish, balki yoshlar orasida o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qilmoqda.