O'quvchi qizlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini yuksaltirish, diniy dunyoqarashini to'g'ri yo'naltirish, kiyinish, odob-axloq madaniyatiga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
✔️ Shu maqsadda Andijon davlat universiteti akademik litseyida Andijon davlat pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi dotsenti O'.Vaxobova hamda ushbu kafedra katta o'qituvchisi N.Tojiboyevalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.