Ma’lumki, bundan o‘ttiz olti yil muqaddam o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan edi.
O‘tgan davr mobaynida tilimiz milliy birligimiz va o‘zligimiz ramziga aylandi. Davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘si yanada oshib, jamiyatimizning birlashtiruvchi kuchiga aylandi. So‘nggi yillardagi til islohoti natijasida ona tilimizning jozibasi oshdi.
✅ Andijon davlat universiteti akademik litseyida 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O'zbek filologiyasi kafedrasi ustozlari hamda 1- bosqich o'quvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
📚Tilimiz rivoji yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizning fidoyi farzandlari ishiga ulkan zafarlar tilaymiz!