Andijon davlat universiteti akademik litseyini 2024-2025 o‘quv yilida jami 166 nafar bitiruvchi aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 144 nafari Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, bir necha nafari muddatidan avval talabalikka erishdilar.
Joriy yilning 14-iyun kuni akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Andijon davlat universiteti rektori B.B.Akbaraliyev hamda universitet rahbariyati vakillari tashrif buyurdi.
Marosimda bir qator bitiruvchilar oltin medal hamda imtiyozli diplomlar bilan taqdirlandi.