Bugun Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti akademik litseyi o'quvchilari tomonidan bayram dasturi o'tkazildi
Bugun Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin  Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati  bilan Andijon davlat universiteti akademik litseyi  o'quvchilari tomonidan bayram dasturi o'tkazildi

 Bugun Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin  Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati  bilan Andijon davlat universiteti akademik litseyi O'zbek filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari hamda iqtidorli o'quvchilari tomonidan "Ulug‘ siymolarga ehtirom" nomli bayram dasturi tashkil etildi.
 
⚜️⚜️ Tadbirni akademik litsey direktori U.Q.Valiyev ochib berdi. Navoiy hamda Z.M.Boburning davlat arboblari hamda shoir sifatida amalga oshirgan ishlari tahsinga munosib ekanligini  ta'kidlab o‘tdi. 

📜 Shuningdek, Akademik litsey Yoshlar bilan ishlash masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari B.I.Akbarov hamda O'zbek filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi K.Qobulovalar Navoiy hamda Z.M.Boburning ustoz va ilm ahliga bo‘lgan e‘tibori haqida ma‘ruza qildilar. Mutafakkirlar ijodiga oid kerakli ma'lumotlarni berib o‘tdilar. 

🪕 Tadbirda litsey o'quvchilari faol ishtirok etib, Navoiy hamda Z.M.Bobur ijodidan g'azal, ruboiy va  tuyuqlarni yod oldilar. Qizlar  ijrosidagi go'zal raqslar tadbirga o'zgacha tus berdi.