"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari davom etmoqda
"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 03/23-3334-sonli xatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshchiligida universitet qoshidagi akademik litsey o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat avvalida ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng, mas'ullar tomonidan mavzuga doir fikrlar bildirilib, jamiyatimizning har bir a'zosi, xususan, yoshlarni ushbu illatdan ogoh etish va istiqbolimiz taraqqiysiga zamin yaratishda mazkur illatning ildiz otishiga yo'l qo'ymaslik lozimligi ta'kidlandi.